Buxoro davlat pedagogika instituti va Pedagogik mahorat markazi hamkorligida mahorat darslari tashkil etilmoqda

Pedagogik mahorat markazi dotsenti Nigora Botirova tomonidan Buxoro davlat pedagogika instituti «Informatika» kursi talabalariga seminar-o’quv mashg’ulotlari o’tkazildi.  📍 Mashg’ulot davomida bo’lajak pedagoglarga «Darsning tarkibiy qismlari va uni taqdim etish metodikalari, darsni samarali tashkil etishda SMART mezonlar» to’g’risida ma’lumotlar berildi. ✅ Pedagogik mahorat markazi va Buxoro davlat pedagogika institutining hamkorligi doirasida tashkil etilayotgan mahorat darslari bo‘lajak […]

Buxoro davlat universiteti va Pedagogik mahorat markazi hamkorligida mahorat darslari o‘tkazilmoqda

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida  BuxDU “Tarix” fakulteti bitiruvchilari uchun “Tarix” va “Tarbiya” fanlaridan mahorat darslari tashkil etildi. Darslarda:  ✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘qituvchining sha’ni va qadr‑qiymatining oshayotgani hamda ularga taqdim etilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi;  ✅  “Tarix” va “Tarbiya” fanlarini o‘qitishning dolzarb masalalari, muammolari va ularning yechimlari haqida fikr almashildi;  […]

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Prezident maktabi hamkorligida tashkil etilayotgan treninglar davom etmoqda

Navbatdagi trening mashg’uloti  markazning «Ona tili va adabiyoti fani o’qituvchilari» malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun Prezident maktabining malakali o’qituvchisi Navbahor Karomova  tomonidan  “Terminlar. Kasbiy terminlar” mavzusida bo’ldi. ✅ Hamkorlikda tashkil etilayotgan mazkur seminarlar ta’lim sifatini oshirish, ilg’or pedagogik tajribalarni tarqatish va o’qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Prezident maktabi oʻrtasida imzolangan memorandum doirasida tegishli fan yoʻnalishlarida tashkil etilayotagan treninglar davom etmoqda

Joriy yilning 11-oktabr kuni  pedagogik mahorat markazining matematika fani tinglovchilari Prezident maktabining malakali oʻqituvchisi Aziz Tursunovning 10-sinf oʻquvchilari bilan tashkil etilgan oʻquv mashgʻulotida qatnashdilar.  Cambridge dasturi asosida oʻtiladigan matematika darsini kuzatdilar hamda kerakli tavsiyalar oldilar. ✅ Darsdan soʻng «Muvaffaqiyatli ta’limda muvozanatli summativ yozma ishlarni tuzish» mavzusida  trening boʻlib oʻtdi. Trening  jarayonida dunyo miqyosidagi ta’lim dasturlarining […]

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Harbin texnologiyalari universiteti hamkorligida «Fizika fanini o’qitishda innovatsion yondashuvlar: Xitoy universitetlari tajribasi O’zbekistonda» mavzusida vebinar tashkil etildi.

✍️Vebinarda fizika fanini o’qitishdagi eng so’nggi innovatsion metodikalar, ilg’or texnologiyalar va Xitoy universitetlarining tajribasi muhokama qilindi. Ishtirokchilar jahon ta’limidagi yangiliklar bilan tanishib, o’z kasbiy mahoratlarini oshirish va o’qitish jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish bo’yicha qimmatli ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Gyote institutining O‘zbekistondagi filiali o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda.

📍 Ushbu hamkorlik doirasida nemis tili fani o‘qituvchilari uchun treninglar tashkil etish, yangi loyihalar va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. ✔️ Uchrashuv davomida o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy metodik yondashuvlarni joriy etish, ilg‘or nemis tilini o‘qitish texnologiyalarini o‘zlashtirish va ta’lim sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan taklif va rejalar yuzasidan fikr almashildi.