Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazining Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari malakasini oshirish kursi tinglovchilari o’rtasida «Kreativ tarbiyachi» nomli innovatsion ko’rik-tanlov o’tkazildi.

🔴 Tanlov shartiga ko’ra guruhlar o’z faoliyat yo’nalishlariga mos frontal mashg’ulotdan namuna ko’rsatib berishlari va bolalarda shakllantiriladigan ko’nikmalar mazmunini tahlil qilishlari kerak edi. Beshala guruh a’zolari o’zlariga biriktirilgan mashg’ulot mavzusiga mos: ✅ ko’rgazmali qurollar tayyorlandi; ✅ amaliy tajribalar ko’rsatildi; ✅ ertak qahramonlari sahna ko’rinishi orqali jonlantirildi; ✅ nazmiy kechada bolalar nutqini rivojlantiruvchi topshiriqlar tizimi ishlab […]
Buxoro shahridagi “Zarafshan Hall” tantanalar saroyida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram dasturi tashkil etildi.

🔴 Tadbirda Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazining bir guruh professor oʻqituvchilari hamda xodimlari ham ishtirok etdi. Markazning Pedagogika, psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi katta o’qituvchisi Munira Gadayeva hamda xo’jalik bo’limi xodimi Nasiba Hasanovalar viloyat hokimining tashakkurnoma va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Pedagogik ta’lim klasteri boʻyicha samarali ishlar tashkil etilmoqda

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi professor-o’qituvchilari pedagogik ta’lim klasteriga biriktirilgan Buxoro shahridagi 44-umumiy o’rta ta’lim maktabida bo’ldilar. 🔴Tashrif davomida maktabning 2-3-4-sinflarida Ona tili va O’qish savodxonligi fanlaridan zamonaviy usullar asosidagi ochiq darslar tashkil etildi. ✅Jumladan, 3-sinf o’qish savodxonligi darsida «Raqamiya», «Yozdik-qo’ydik», «Shamol», «Mayda matn», «Innankeyin», «Besh barmoq» va […]
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi tomonidan viloyatning olis hududida joylashgan Gazli shaharchasidagi 25-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida kompleks metodik xizmat koʻrsatildi.

Tashrif davomida o’quv seminar tashkil etilib, unda: 🔂MTTda ta’lim oluvchi bolalar bilan mashg’ulotlar o’tkazildi 🔂 MTT pedagoglarining malaka oshirishdan keyingi faoliyati o’rganildi 🔂 KVEST texnologiyalarini qo’llash amaliyoti, bolalarning rivojlanish xaritalari yuzasidan hisobotlarni yuritish masalalari ko’rib chiqildi. 🎚️ Treningda ishtirok etgan MTT pedagoglari innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo’llash bo’yicha zaruriy kompetensiyalarga ega bo’ldilar.
Zamonaviy pedagogika yondashuvlari: 5E modeli va XXI Asr ko‘nikmalari bo‘yicha respublika anjumani

Buxoro davlat pedagogika instituti hamda viloyat Pedagogik mahorat markazi hamkorligida “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalari: 5E modeli, yangi avlod darsliklari va xorijiy tajribalar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. 🔵 Anjumanda Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi direktor o’rinbosar M. Boboyev, Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi professor-o’qituvchilari N. Aslonova hamda […]
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazining Tillarni o’qitish metodikasi professor-o’qituvchilari hamda «КЛАСС!» (ZO‘R!) loyihasi metodisti N. I. Kitina Buxoro shahridagi 20-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.

✍️ Tashrif davomida maktabning rus tili fani o’qituvchisi Dilnoza Safarovaning 6-sinfda «Значение падежных форм существительных РП» mavzusida o’tkazgan ochiq darsi kuzatildi. Mutaxassislar darsning metodikasi, o’qitish usullari va o’quvchilarning faolligini tahlil qildilar. Shuningdek, rus tili o’qituvchilarining malaka oshirish kurslaridan keyingi faoliyati o’rganilib, kerakli tavsiyalar berildi.
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2025- yil 3-noyabrdagi PF-207- son farmonining mazmun-mohiyati o‘rganish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda: ✅Farmonda ilgari surilgan maqsad va ustuvor vazifalar tahlili. ✅ Bu boradagi normativ-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish masalalari. ✅Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishda taʼlim muassasalarining rolini kuchaytirish. ✅ Oʻquvchi-talabalar oʻrtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olishning yangi tizimini joriy etish. ✅Oʻquvchi-talabalar oʻrtasida narkojinoyatlarni barvaqt aniqlash va oldini olish masalalari borasida ma’ruzalar qilindi.
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi «Boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari» malaka oshirish kursi tinglovchilari o’rtasida “LAYOQATLI PEDAGOG” nomli mahorat bellashuvi tashkil etildi

✅ Bunda jamoalar 6 ta shart asosida bellashdilar. Tadbir davomida ishtirokchilarning: 🔰kasbiy motivatsiyasi; 🔰kompetenligi; 🔰muammolarni ijobiy hal qila olish malakasi baholandi. Bellashuvni tashkil qilishdan ko‘zlangan maqsad, boshlang‘ich sinf matematika dasturining tubdan o‘zgarganligi, unga kiritilgan yangi mavzular va ularni o‘qitish metodikasini jamoada ishlab chiqish, tavsiyalar berishdan iborat edi. ✅ Bu kabi bellashuvlarning muntazam o‘tkazilishi pedagoglarda bilimni […]
🍀 “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI

🌳 Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida markaz hududida tashkil qilingan «Murabbiylar bog‘i» ga archa koʻchatlarini oʻtqazdilar.
🔴Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida «Boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari» malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida goʻzallik va yasharish fasli – bahorning ko’rkamligini, go’zalligini ta’riflovchi “Hayotimiz guli, oftobi – ayol” nomli tadbir bo’lib o’tdi.