«Shoir, she’r shuur» nomli ijodiy viktorina o’tkazildi. (video)
«Shekspir asrlar osha» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. (video)
“RAQS SAN’ATINING JAMIYATDAGI O‘RNI” mavzusida ma’naviy-ma’naviy tadbir jarayonlari (video)
“Amir Temur–markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi” mavzusida Respublika miqyosidagi o‘quv-seminar (video)
🇺🇿 Milliy liboslar-milliy qadriyatlar bezagi!

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi «Ingliz tili fani o’qituvchilari» kursi tinglovchilari yurtimiz bo’ylab har juma kuni o’tkazilayotgan «Milliy liboslar kuni» da faol ishtirok etishdi. Siz ham milliy libos kiyib, o‘zligingizni faxr bilan namoyon eting! Chunki millat ko‘zgusi – har birimizning qiyofamiz va kiyinish madaniyatimizda aks etadi!
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari va xodimlarining sog‘lom turmush tarziga amal qilishlari maqsadida sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘yicha reja-grafik tasdiqlangan.

✅ Mazkur reja-grafik asosida joriy yilning 20-fevral kuni markazda professor-o’qituvchilar, metodistlar va texnik xodimlar o’rtasida sportning stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo’yicha musobaqa tashkil etildi.
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi xodimlarini edo.ijro.uz idoralararo yagona elektron hujjat aylanish tizimiga ulanishi munosabati bilan «UNICON-SOFT»MCHJ Buxoro filiali tomonidan markazda o’quv tashkil etildi.

Soha mutaxasisislari tomonidan tizimda ishlash, platformaning afzalliklari, imkoniyatlari haqida ma’ruzalar qilindi, kerakli tavsiyalar berildi. Ma’lumot uchun, edo.ijro.uz ijro intizomi nazoratini ta’minlovchi elektron hujjat aylanish tizimi. Tizim hujjat aylanishi jarayonlarini va topshiriqlar ijrosi nazoratini avtomatlashtiruvchi funksiyalardan iborat bo’lib, bir vaqtning o’zida hujjat ustida bir nechta xodimlarning ishlashini ta’minlaydi.
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi»Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari» kursi tinglovchilariga «Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarda shaxsiy rivojlanish va tayanch tarbiyaviy kompetensiyalarni shakllantirishning ustuvor yoʻnalishlari» mavzusida trening mashgʻulot oʻtkazildi.

🖇 Treningda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining «Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishning «Metodik mahorat kuni» va «Metodik mahorat soati» tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish to’g’risida» gi 362-sonli buyrug’i mazmun-mohiyati, pedagoglarni kasbiy rivojlantirishdagi ahamiyati borasida tushunchalar berildi. Shuningdek, «Metodik mahorat kuni» mavzulari doirasida namunaviy amaliy mashg’ulot o’tkazildi.
🔴Buxoro shahridagi Prezident maktabida Pedagogik mahorat markazining “Kimyo fani o’qituvchilari» malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun seminar-trening bo’lib o’tdi.
HAYOT — HARAKAT, YOGA — OSOYISHTALIK!

Yoga — zamonaviy inson uchun tinchlik va sog‘liq manbai ekanligini yana bir guvohi bo’lish maqsadida markazimizning boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari malakasini oshirish kursi tinglovchilari o’rtasida qiziqarli tadbir tashkil etildi. Tadbirda TA’LIM-SPORT-YOGA-FITNES integratsiyasining XXI asrda qanchalik dolzarb ekanligi, yoga tarixi, bugungi o’zbek jamiyatidagi ahamiyati, rivojlanishi muhokama etildi. Sahna ko’rinishi, zamonaviy raqslar orqali sog’lom turmush tarzi, sportning ta’limdagi […]