Pedagogik ta’lim klasteri boʻyicha samarali ishlar tashkil etilmoqda

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi Tillarni o’qitish metodikasi hamda  Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi kafedralari professor-o’qituvchilari  pedagogik ta’lim klasteriga biriktirilgan Buxoro shahridagi 44-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo’ldilar. 📍 Tashrif davomida klaster tarkibidagi maktab o’qituvchilarining bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida oldindan olingan so’rovnomalar asosida metodik yordam ko’rsatildi. Shuningdek, markaz o’qituvchilari tomonidan fanlar […]

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida «Rus tili fani o’qituvchilari» malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida «Kitob — eng yaxshi do’st» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Suhbat davomida tinglovchilar o’zlarining sevimli kitoblari haqida fikr almashib, kitoblarning zamonaviy inson hayotidagi o’rni, adabiyotning tafakkur va tarbiyaga ta’siri kabi masalalarni atroflicha muhokama qildilar. Bundan tashqari, ular o’qigan asarlari asosida rasmlar chizib, asar mohiyatini o’ziga xos tarzda izohlab berdilar.  ✅ Davra suhbati o’qituvchilarning mutolaa madaniyatini oshirish, ularning adabiyotga bo’lgan muhabbatini yanada kuchaytirish hamda o’quvchilarga kitob […]

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi «O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari» kursi tinglovchilariga «Uzluksiz metodik xizmat va metodbirlashmalar faoliyatini tashkil etish va boshqarish» mavzusida ochiq o’quv mashg’ulot o’tkazildi.

❇️ Mashg’ulot davomida tinglovchilar geometrik figuralar yordamida guruhlarga ajratildi va ularga O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarining «portreti»ni chizish vazifasi berildi. Guruhlar tomonidan chizilgan portretlar taqdimotida tinglovchilar o’z fikr va mulohazalarini bayon etib, metodik yondashuvlarga oid qarashlarini muhokama qildilar.   ✅ «Gapiruvchi cho’pchalar» va «Blits so’rov» kabi metodlardan samarali foydalanilgani darsning dinamikligini ta’minlab, tinglovchilarning bilim va […]

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi «Tasviriy san’at va chizmachilik kursi»  tinglovchilari ishtirokida «Tasviriy san’at darslarida (Kollaj) qog’oz bilan ishlash metodikasi» mavzusida ochiq o’quv mashg’uloti o’tkazildi.

«Top va chiz» va «Sinkveyn» kabi interaktiv metodlarning qo’llanilishi tinglovchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil fikrlashga undash va guruhlarda ishlash ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi. ✅ Shuningdek, amaliy mashg‘ulotda kollaj usulida ishlangan reproduksiyalarning namoyish etilishi tinglovchilarga kollaj texnikasining imkoniyatlari va uni dars jarayonida qo‘llash usullarini aniq misollar orqali ko‘rsatib berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Buxoro viloyati hokimligining 2024-yil 19-dekabrdagi “Pedagogik ta’lim klasterini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq  Pedagogik mahorat markazi mutaxasisslari pedagogik ta’lim klasteriga biriktirilgan Buxoro shahridagi 72-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo’ldilar.

🖇 Tashrif davomida mutaxasisslar tomonidan so’rovnomalar o’tkazildi,  tarbiyachilarning ehtiyojlari aniqlanib, faoliyatlari davomida qiynalayotgan muammolari borasida suhbat tashkil etildi va metodik tavsiyalar berildi. ☑️ Shuningdek, kelgusida ehtiyojga asoslangan pedagoglar uchun qisqa muddatli kasbiy rivojlantirish kurslarini tashkil etish belgilab olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Buxoro viloyati hokimligining 2024-yil 19-dekabrdagi “Pedagogik ta’lim klasterini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq  Pedagogik mahorat markazi mutaxasisslari pedagogik ta’lim klasteriga biriktirilgan Buxoro shahridagi 44-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo’ldilar.

🖇 Tashrif davomida tashkil etilgan o’quvda mutaxasisslar tomonidan so’rovnomalar o’tkazildi, kelgusida bajariladigan ishlar borasida kelishib olindi.