Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazining Ona tili va adabiyot, rus tili, ingliz tili fani o’qituvchilari malakasini oshirish kursi tinglovchilari o’rtasida sportning shaxmat va shashka turi bo’yicha musobaqaning yakuniy final bosqichi bo’lib o’tdi.
✅ Musobaqalar o’qituvchilarning aqliy salohiyatini oshirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va sog’lom raqobat muhitini yaratish maqsadida tashkil etildi. 🎁 G’olib bo’lgan ustozlarimizga esdalik sovg’alari topshirildi.
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida «Ishonch» jamg’armasi loyihasi doirasida YUNESKO tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi ekspertlari ishtirokida o’qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda markaz direktori A.Xamidov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimlari, xorijiy mutaxassislar, markaz professor-o’qituvchilari, master-trenerlar, metodistlar, maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari ishtirok etdi. ✅ Tadbir davomida: 🔂 Pedagogik mukammallik modeli 🔂 Global modellar bo‘yicha o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishida mukammallik modelini joriy etish 🔂 STEAM yo‘nalishlarini kengaytirish 🔂 Hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. 🔵 […]
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi Axborot resurs markazi hamda texnologiya fani o’qituvchilari malakasini oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida «Tili barhayotning eli barhayot» nomli adabiy kecha tashkil etildi.

📚 Adabiy kechada o‘zbek tilining tarixi, rivojlanishi, ahamiyati haqida ma’ruzalar qilindi, buyuk mutafakkirlarimizning ona tilimizga bag‘ishlangan hikmatli so‘zlari o‘qildi. Shuningdek, tinglovchilar tomonidan ona tilimizga bag‘ishlangan she’rlar va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari malakasini oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida «Nazm gulshani» bellashuvi tashkil etildi.

🔵 Bellashuvda tinglovchilar «Mushoira», «Nazm va navo», «Raqamlar daraxti» kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. ✅ «Mushoira» shartida A.Oripov, E.Vohidov, Usmon Azim, Farida Afruz, Zebo Mirzayevaning betakror she’rlari ifodali o‘qildi. ✅ «Nazm va navo» shartida ishtirokchilar Bobur g‘azallaridan namunalar o‘qib, g‘azallar asosida yaratilgan qo‘shiqlarga raqsga tushdilar. ✅ «Raqamlar daraxti» shartida raqamlar ishtirok etgan g‘azallar, she’rlar, tuyuq […]
«Zakovat” intelektual o‘yini – bilim va tafakkur sinovi

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida «Zakovat» intelektual klubi Buxoro viloyati hududiy bo’linmasi bilan hamkorlikda “Zakovat” o‘yini tashkil etildi. 🔵Bunda barcha kurs tinglovchilaridan saralab olingan jamoalar o’zaro bellashdilar. O’yinni Zakovat klubi Buxoro viloyati hududiy bo’linmasi koordinatori Erkin Shonazarov boshqardi. 🔂Intelektual klub a’zolari tayyorlab kelgan savollar pedagoglarni topqirlikka, mantiqiy va teran fikrlashga, tezkoq qaror qabul qilishga, eng […]
Teatr – ma’naviyatimiz gultoji

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi ona tili va adabiyot hamda rus tili malaka oshirish guruhi tinglovchilari viloyat musiqali drama teatrida bo‘lib, boy madaniy tajriba orttirdilar. 🔵 Teatrda xalq hayoti, dunyoqarashini aks ettiruvchi, jamiyat taraqqiyoti, ma’naviyati va madaniyati bilan chambarchas bog‘liq voqealardan tashkil topgan S. Rayev asari asosida rejissyor L. Navro‘zov tomonidan sahnalashtirilgan «Ovsar» spektakli namoyish […]
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazining navbatdagi Kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi

Yig‘ilish kun tartibidan: 🔂2025-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili va hisoboti; 🔂 Yil yakuniga qadar belgilangan ustuvor vazifalar va ularning ijrosini ta’minlash mexanizmlari; 🔂 O‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish (malaka oshirish) rejasining bajarilishi holati va kelgusi rejalar muhokamasi o’rin oldi. ✅ Kengash tanqidiy ruhda o‘tkazilib, kun tartibidagi har bir masala chuqur tahlil qilindi, amalga […]
Xalqaro Hamkorlik#2

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Moskva shahridagi «Наследие» ta’lim markazi hamkorligida vebinar tashkil etildi. Tadbir doirasida «Наследие» ta’lim markazining yetakchi metodisti N. A. Noskova bilan Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘qitish metodikalari va ta’lim jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha tajriba almashildi.