«METODIK MAHORAT KUNI» VA «METODIK MAHORAT SOATI» TADBIRLARINI TASHKIL ETISH BO’YICHA SEMINAR-TRENINGLAR YAKUNLANDI

Joriy yilning 17–19-sentabr kunlari Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun 3 kunlik seminar-trening bo‘lib o‘tdi. 🎚️ Seminar davomida ishtirokchilar zamonaviy innovatsion metodlar, STEAM texnologiyasi, interfaol o‘yinlar hamda NEL Framework dasturi asosida mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. ✅ Tadbir yakunida seminar ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.
“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari doirasida mentor o‘qituvchilar uchun o‘quv-seminar mashg‘ulotlari davom etmoqda.

✅Mashg‘ulotlar ijtimoiy fanlar, ona tili, rus tili, nemis va fransuz tillari yo‘nalishlarida olib borilmoqda. ✅ Ushbu tadbirlar o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, metodik tajribalarini boyitish va ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga xizmat qilmoqda.
PIRLS xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik: Buxoro tajribasi

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida «PIRLS xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik: Buxoro tajribasi» mavzusida respublika o’quv-amaliy seminari bo’lib o’tdi. 🔵 Seminarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimlari, Buxoro davlat pedagogika instituti prorektori, respublikadagi hududiy Pedagogik mahorat markazlarining Kasbiy rivojlantirish bo’yicha direktor o’rinbosarlari, fan metodistlari hamda viloyatdagi boshlang’ich ta’lim fani o’qituvchilari […]
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida Goethe-Institut O‘zbekiston filiali bilan hamkorlikda o‘qituvchilarning til kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan besh kunlik seminar-trening mashg‘ulotlari bo’lib o’tmoqda.

🔴 Mashg‘ulotlar doirasida B1 va B2 darajadagi imtihonga tayyorgarlik kursi ham tashkil etilib, o‘qituvchilarning xorijiy til ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash hamda o‘qitish jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish maqsad qilingan. ✅ Til ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bunday tadbirlar o’qituvchilarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga hissa qo’shadi va ta’lim sifatini oshirishda muhim rol o’ynaydi.
“PIRLS xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik: Buxoro tajribasi” mavzusidagi o‘quv-seminarlari davom etmoqda

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi o’quv-seminar Jondor tumanining boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun bo’ldi. Seminarda: 🔂 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Ustamaning yangi baholash mezonlari» ning mazmun-mohiyati va amaliyotdagi ahamiyati; 🔂 PIRLS tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun yaratilgan stajyor platformadan samarali foydalanish tartibi; 🔂 O‘qish savodxonligini oshirishda matnlardan […]
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Fargʻona viloyatidagi ROBOTRONIX oʻquv markazi hamkorligida viloyatdagi informatika va axborot texnologiyalari, texnologiya fani oʻqituvchilari uchun «Innovatsion robotlar realiteti» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda robototexnika asoslari, dasturlashning yangi usullari hamda darslik materiallarini amaliyotga tatbiq etish kabi masalalar muhokama etildi.
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida Jondor tumanidagi 32-umumta’lim maktabida “Innovatsion ta’lim: tabiiy fanlarda tanlov va loyihaviy yondashuv” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

🔵 Seminarda viloyatdagi tanlov sinflari tashkil etilgan maktablarda faoliyat yuritayotgan kimyo va biologiya fani o‘qituvchilari ishtirok etib, o‘z malakalarini oshirish, tajriba almashish va zamonaviy metodik yondashuvlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. ✅ Tadbir davomida 32-maktabning tabiiy fanlar yo‘nalishidagi 11-sinf o‘quvchilari uchun ochiq dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi, tanlov fanlarini o‘qitishda loyihaviy yondashuv, o‘quvchilarni ilmiy izlanishga yo‘naltirish, yangi […]