seminarlar
2026-yil 15-oktabr kuni Buxoro shahridagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.
O‘quv-seminar davomida pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish, zamonaviy metodikalarni amaliyotga tatbiq etish hamda maktabgacha ta’lim sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.