seminarlar
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi tomonidan Jondor tumanidagi 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tarix fani o‘qituvchilari uchun “Tarix fanini o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari: muammo va yechimlar” (Amir Temur va temuriylar davri misolida) mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.
Seminar davomida:
✅ Sohibqironning ona yurtni ulug‘lash borasidagi faoliyati va yoshlar tarbiyasidagi o‘rni;
✅ “Temur tuzuklari” — davlat va jamiyat boshqaruvining mumtoz dasturi sifatida;
✅ Amir Temur saltanati diplomatiyasi hamda Temuriylar davri ilm-fan, san’at va madaniyati ravnaqi;
✅ Yangi O‘zbekistonda Amir Temur shaxsi va merosining strategik ahamiyati borasida ma'ruzalar qilindi.
🗣️ Tadbir davomida Sohibqiron siymosini tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar hamda tarixiy voqealar aks etgan sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.