O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi  vazirligi hamda Rossiya maorifi vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “2020-2030-yillarda O’zbekiston Respublikasi maktablarida rus tili fanini va umumta’lim fanlarni rus tilida o’qtishning sifatini oshirish” ga qaratilgan “Zo’r” (Класс) loyihasi 2-bosqichi doirasida A.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti mutaxassislari Y.A.Masolova, A.S.Chakushkina ishtirokida “Тотал диктант” global aksiyasi doirasida Buxoro davlat universiteti binosida tadbir tashkil etildi.

     Tadbirni sifatli tashkil etishda zarur sharoitlarni yaratib berish maqsadida Buxoro davlat universiteti bilan kelishuv asosida 1 ta  160 o’rinli, 1 ta 105 o’rinli auditoriyalar tanlab olindi, barcha sharoitlar (elektron doska, ovoz kuchaytirgich, tarqatma materiallar) yaratildi. Tadbir 2 loyihada (Тотал диктант, TRUD) yo’nalishlari bo’yicha o’tkazildi. Tadbirda Buxoro davlat universiteti talabalari, viloyat umumta’lim maktablari o’qituvchilari va o’quvchilari  hamda barcha xohlovchilar ishtirok etdilar. 104 nafar ishtirokchi “Тотал диктант”, 129 nafar ishtirokchi TRUD sinovlarida qatnashdi. “Тотал диктант” natijalarini tekshirish uchun metodistlarga yordamchi sifatida “Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasining dotsenti B.Axmedov va katta o’qituvchi G.Hamidova jalb etildi.