Assalom Navroʻz
Joriy yilning 20-mart kuni Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazida Maktabgacha, Boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikalari oʻqituvchilari hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilari kursi mart oyi tinglovchilari tomonidan, Yasharish yangilanish bayrami boʻlmish Navroʻz ayyomi munosabati bilan ʼʼ Assalom Navroʻzʼʼ deb nomlangan ajoyib tadbir tashkil etildi. Tadbirda maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilari Navroʻz ayyomi tarixi haqida gapirib berishdi, sherlar, raqslar hamda xalq ogʻzaki ijodidan laparlar aytishdi. Bayram tadbiri yigʻilganlarga juda manzur boʻldi. Barchaga yuqori kayfiyat baxsh etdi.