O‘zbekistonning xalqaro PISA- 2025 tadqiqotlarida ishtirok etish maqsadida joriy yilning 3-18 may kunlari respublikamizdagi tanlangan umumta’lim muassasalarida tajriba-sinov jarayonlari o‘tkazilishi belgilangan. Mazkur tadqiqotda Buxoro viloyatidagi 3 ta maktab, ya’ni Buxoro tumanidagi 2-, Jondor tumanidagi 5- hamda Romitan tumanidagi 41-umumta’lim maktablaridan jami 168 nafar o’quvchilar  ishtirok etishdi.

Maktab va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 19-mart sanasidagi 06-36-210-sonli xatiga asosan yosh avlodni tarbiyalash va oʻqitish borasidagi dasturini amalga oshirish, ishtirokchilarni ELDP dasturi bilan tanishtirish uchun axborot taqdimotlarini oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Ushbu dastur Oʻzbekistondagi taʼlim muassasalari maʼmuriyatiga AQSHdan kelgan mutaxassislar tomonidan oʻtkazilgan treninglar ZOOM platformasi orqali va kasbiy bilimlarini oshirish uchun noyob imkoniyat yaratadi. Shuningdek, ishtirokchilar keyinchalik Qoʻshma shtatlardagi qisqa muddatli akademik almashinuv dasturida ishtirok etishlari mumkin. Ushbu xat ijrosini taʼminlash maqsadida 2024-yil 16-aprel kuni Buxoro viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi faollar zalida  hududning   barcha maktab rahbarlariga  seminar-trening boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 16-fevral kuni Buxoro viloyat pedagoglarni yngi metodiklarga o’rgatish milliy markaziga  Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Pedagogika fanlari doktori, akademik X.I. Ibraimov va institutning professor-o’qituvchilari tashrif buyurdi.