Joriy yilning 16-fevral kuni Buxoro viloyat pedagoglarni yngi metodiklarga o’rgatish milliy markaziga  Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Pedagogika fanlari doktori, akademik X.I. Ibraimov va institutning professor-o’qituvchilari tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Buxorodagi islohotchilik harakati jadidchilikning vujudga kelishi  tarixi bilan tanishtirdi shuningdek, «Birinchi va ikkinchi Renessans davrida Markaziy Osiyolik olimlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlari»,  barkamol shaxsni tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi ekanligi, ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni  yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo‘llari, usullari va qonun-qoidalari haqida hayotiy misollar bilan gapirib berdi.
Akademik Xolboy Ibragimov, pedagogika nazariyasiga oid bir qancha kitoblari haqida ma’lumot berdi.
Shu bilan birga, Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori, akademik Xolboy Ibragimovga milliy markaz direktori A.K.Safarov tashrif uchun o’z minnatdirchiligini bildirdi.