Buxoro viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasi va O’zbekiston Yoshlar ittifoqi hududiy markaz bo’limi joriy yilning 30-iyul kuni “Zamonaviy darslarni tashkil qilishda o’qituvchining innovatsion faoliyati”   mavzusida viloyat onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazadi.

Konferensiyani o‘tkazish joyi: Buxoro viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish  hududiy markazi ZOOM dasturidagi virtual konferens zali.

Ilmiy-amaliy konferensiya  materiallar to‘plami va sertifikat elektron PDF shaklida taqdim etiladi.

Konferensiyaning rasmiy  tili: o‘zbek, rus va ingliz.

Konferensiya uchun tayyorlanadigan ilmiy maqolalar ilmiy-nazariy, metodik masalalarga qaratilishi hamda pedagog xodimlar kompetensiyasini shakllantirishga yordam berishi, unda kichik ilmiy yoki ilmiy-metodik muammo va uning yechimi ko‘rsatilishi, taklif etilayotgan g‘oyalarning mazmuni, nazariy va amaliy ahamiyati yoritib berilishi lozim.

  Konferensiya uchun tayyorlanadigan maqolani rasmiylashtirishga qo‘yiladigan  talablar:

  1. Maqolalar matni MS WORD matn muharriri yordamida Times New Roman shriftida, 14 o‘lchamda, 1,5 intervalda, yuqori va pastdan 2 sm,  chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirilgan holda tayyorlanishi kerak.
  2. Matn sarlavhasi katta harflar bilan qoraytirib (“жирный”) yozilishi kerak, undan keyin muallif(lar)ning ismi, sharifi va familiyasi, ilmiy darajasi, ish joyi ko‘rsatiladi, so‘ng matni keltirilishi lozim.
  3. Maqola matnida foydalanilgan manbalarga ishoralar (iqtiboslar) matn ichida kvadrat qavslarda beriladi, bunda maqola oxirida ko‘rsatilgan adabiyotlar ro‘yxati muvofiq raqam va sahifa ko‘rsatiladi, masalan [2,27]
  4. Maqolalar hajmi 3-4 sahifadan oshmagan holda bir nusxada va elektron variantda 2020 yilning 27-iyuliga qadar tahrirdan chiqarilib, elektron va qog‘oz variantida tashkiliy qo‘mitaga yetkazilishi lozim.
  5. Har bir muallifdan 2 (ikki) tadan ortiq maqolalar qabul qilinmaydi.
  6. Maqola oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati quyidagi tartibda berilshi kerak:

- Adabiyotlar ro‘yxati – maqola matnidan so‘ng bir interval tashlash.

-Adabiyotlar ro‘yxati – shrift 12. Adabiyot manbalariga havolalar – matn

ichida, masalan: [7] yoki [9, 3-b].

-Foydalanilgan adabiyotlar kamida 3 ta manbani o‘z ichiga olishi kerak.

 -Adabiyotlarni rasmiylashtirish namunasiga qarang.

Maqolalar  ilmiy saviyasi bo‘yicha  tashkiliy qo‘mita  tomonidan tanlab olinadi. Qo‘yilgan talablarga javob bermaydigan maqolalar chop etilmaydi va qo‘lyozmasi qaytarilmaydi.

Bayon etilgan ma’lumotlarning ilmiy-nazariy asoslanganligi va metodik   

jihatdan puxta ishlanganligi uchun muallif(lar) mas’uldir.

Konferensiya materiallari bepul chop etiladi (mualliflarga elektron variantda taqdim etiladi).

Konferensiya materiallri to‘plamida maqolalari ishtirok etgan mualliflarga elektron sertifikat beriladi.

      Manzil: Buxoro shahar, Piridastgir ko‘chasi, 15 uy.

     Telefon: (+99893) 473-99-79;

    Telegramm: (+99893) 473-99-79;

    E-mail: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

     

       Axborot xati va konferensiya haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar hududiy    

markazning Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. rasmiy saytida berilgan.

              Konferensiyada qatnashish uchun har bir ishtirokchi quyidagi namunadagi talabnomani to‘ldirishi shart:

 

Ishtirokchining to‘liq F.I.Sh.

 

   Maqolaning mavzusi

 

   Lavozimi, ilmiy darajasi, Unvoni

 

   Ish joyi

 

   Telefoni (kodi bilan)

 

   E-mail

 

 

Rasmiylashtirish namunasi

 

УЧЕТ ОСОБЕННОСТЕЙ РОДСТВЕННЫХ ЯЗЫКОВ ПРИ ОБУЧЕНИИ АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ.

 

Ситорабону Вохидова – преподаватель

  кафедры «Методика преподавания языков»

Бухарского областного РЦППКСНО.

 

 

 

Annotatsiya:

Maqola matni:

Adabiyotlar:

 

2.

3.

 

 

Ushbu onlayn konferensiyada ishtirok etish uchun quyidagi ssilka orqali ulanishingiz mumkin: https://us04web.zoom.us/j/77209753637?pwd=dzlKN3pRYkxxSkkxWnZNVDlFRHBKZz09

 

Konferensiya identifikatori: 772 0975 3637

Parol: BuxoroMOHM

 

 

Tashkiliy qo‘mita xalq ta’limi tizimida faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilar, yosh ilmiy izlanuvchilar, oliy ta’lim muassasalari bakalavr va magistlarini onlayn konferensiya ishida ishtirok etishga taklif qiladi va samarali hamkorlik qilishga umid bildirib qoladi.