2023-yil 8-iyun kuni Buxoro viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi  Tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi bilan Buxoro davlat universiteti fransuz filologiyasi kafedrasi o’rtasida tuzilgan o’zaro hamkorlik shartnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida universitetda volontyor sifatida faoliyat yuritayotgan Kanada universiteti professori Vinsent Gelinas hamda vetnamlik fransuz tili eksperti Para Lyo fransuz tili o’qituvchilari  malakasini oshirish kursi tinglovchilari bilan “Didaktik metodlar va interfaol usullar” mavzusida seminar-trening o’tkazdilar.

Mashg’ulot jarayonida tinglovchilarga Kanada va Vetnam mamlakatlari o’quv muassasalarida o’quvchilarni fransuz tiliga o’rgatish borasida to’plangan tajribalar, o’quv jarayonida qo’llaniladigan interfaol usullar to’g’risida fikr almashildi. Kurs tinglovchilari seminar jarayonida faol ishtirok etib, viloyatimizda fransuz  tilini o’rganish borasidagi ma’lumotlar bilan o’rtoqlashdilar. Seminar-trening qizg’in bahs-munozalarga boy bo’lib, kurs tinglovchilari xorijiy tilni o’qitish bo’yicha yangi yondashuvlar bilan tanishdi.