2023-yil 19-24-iyun kunlari O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Rossiya Maorif vazirligi bilan hamkorlikda “Zo’r!” (“Класс”) loyihasini amalga oshirish maqsadida Buxoro viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazida rus tili va adabiyoti fani o’qituvchilari uchun «Непрерывное развитие профессиональных навыков учителей русского языка национальных общеобразовательных школ Узбекистана» mavzusida maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etildi.


O’quv mashg’ulotlarini A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti dotsenti pedagogika fanlari nomzodi Tatyana Aleksandrovna Shorina olib bordi. O’quv jarayoni davomida tinglovchilarga rus tili fani bo’yicha Rossiya va O’zbekiston davlat ta’limi standartlari, milliy o’quv dasturining maqsad va vazifalari, yangi avlod darsliklari bilan ishlash usullari to’g’risida ma’lumotlar berildi va fikr almashildi. Maktab o’quvchilarida til o’rganish va nutq o’stirish kompetensiyalarini shakllantirish usullari amaliy ko’rsatib berildi. O’tilgan mavzular bo’yicha kurs tinglovchilari kichik guruhlarga bo’linib berilgan topshiriqlar asosida loyiha tayyorladilar va uni himoya qildilar. O’quv mashg’ulotlari yuqori saviyada tashkil etildi, tinglovchilar boy amaliy tajribalarni egallashga muvaffaq bo’ldilar.