MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA «METODIK MAHORAT KUNI» TADBIRLARIGA START BERILDI

Buxoro shahridagi 5-son eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan bugungi mashg‘ulotlarda Xalqaro UNICEF tashkiloti mas’ul xodimlari, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori Nafisa Abdullayeva boshchiligidagi institut jamoasi hamda Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi direktori Akmal Xamidov ishtirok etib, tadbirlarning tashkil etilish holatlarini o’rgandilar hamda kerakli tavsiyalarni berdilar. […]

«METODIK MAHORAT KUNI» VA «METODIK MAHORAT SOATI» TADBIRLARINI TASHKIL ETISH BO’YICHA SEMINAR-TRENINGLAR YAKUNLANDI

Joriy yilning 17–19-sentabr kunlari Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun 3 kunlik seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida ishtirokchilar zamonaviy innovatsion metodlar, STEAM texnologiyasi, interfaol o‘yinlar hamda NEL Framework dasturi asosida mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. ✅ Tadbir yakunida seminar ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.

«METODIK MAHORAT KUNI» VA «METODIK MAHORAT SOATI» TADBIRLARINI TASHKIL ETISH BO’YICHA SEMINAR-TRENINGLARGA START BERILDI

🔵 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-son Farmoni hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 8-noyabrdagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishning “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi 362-son buyrug‘ida belgilangan. ✅ Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida 17-19-sentabr kunlari […]

BUXORO  VILOYATIDA BELGILANGAN 24 TA TAYANCH DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA “METODIK MAHORAT KUNI” TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

🖇 Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi direktori A.Xamidov Buxoro shahridagi 11-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo’lib,  «Metodik mahorat kuni» tadbirlarining tashkil etilish holatlarini o’rgandi, kerakli tavsiyalarni berdi. ✅ Mazkur tadbirlar davomida ta’lim sifatini oshirish, innovatsion metodikalarni joriy etish hamda pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish bo‘yicha samarali faoliyat olib borilmoqda.