MAVZU: “AMIR TEMURNI ANGLASH – O’ZLIGIMIZNI ANGLASH DEMAKDIR”

Mavluda Oripova-BVXTXQTUMOI “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar”  kafedrasi

katta  o’qituvchisi

 

Kimki o’zbek nomini, o’zbek millatining kuch-qudratini  adolatparvarligini cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo’shgan hissasini  shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo’lsa Amir Temur siymosini eslashi kerak.

Islom Karimov

 

   Amir Temur dunyo madaniyatiga, ma'naviyatiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk shaxsdir.  Uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun kechirgan xalqimiz o’z vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqeyini munosib o’ringa qo’yish imkonidan mahrum edi. Sobiq SSSR davrida Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo’yoq bilan o’chirildi unutishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g’urur tuyg’ularini yo’g’otish uni qaramlikka tobelikka ko’ndirish edi.  Lekin, o’zbek xalqi o’z ajdodlarini o’z bahodirlarini unutmadi hamisha yuragida qalb to’ridi saqladi. Mamlakatimiz istiqlolga erishgach Amir Temur shaxsi yana Vatan va millat timsoliga aylandi.