"Qadring baland bo'lsin- ona tilim"
Til har bir millatning koʻzgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir.Tilni onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson oʻz onasini koʻrmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas. Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan bugun 20-oktabr kuni Buxoro viloyati PYMO‘MM Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasida Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari 1-guruh tinglovchilari ishtirokida "Qadring baland bo'lsin- ona tilim" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
"Boshlang'ich ta'lim mazmunini takomillashtirish:o'quv dasturi-o'qituvchi - baholash"
⚡️BuxDUda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'z ishini boshladi. Ayni paytda BuxDU Sport faoliyati va pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi tomonidan "Boshlang'ich ta'lim mazmunini takomillashtirish:o'quv dasturi-o'qituvchi - baholash" mavzusida Kazan Federal universiteti, Kastamonu universiteti (Turkiya), Ege universiteti (Turkiya), Farobiy nomidagi Qozog'iston Milliy universiteti, M. Avezov nomidagi Janubiy Qozog'iston universiteti, Moskva davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda Xalqaro ilmiy - amaliy anjuman bo'lib o'tmoqda.
YILNING ENG YAXSHI O‘ZBEK TILI O‘QITUVCHISI" KO‘RIK-TANLOVINING I BOSQICH GʻOLIBLARI ANIQLANDI
Ona tili va o‘zbek tili fanlari o‘qituvchilarining innovasion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ish tajribalarini ommalashtirish, tilni milliy qadriyat sifatida asrab-avaylashga befarq bo‘lmaslikni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan "Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi" ko‘rik-tanlovining Buxoro shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchi o‘qituvchilarning video taqdimotlari nizom talablari asosida baholanib, g‘oliblar aniqlandi.Natijalarga ko‘ra, "Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi" ko‘rik-tanlovining Buxoro shahar bosqichida o‘zbek tili fanidan 1-o‘rinni Buxoro viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi metodik xizmat ko'rsatish bo'limi o‘zbek tili fani metodisti, 13-umumtalim maktabning o‘zbek tili o‘qituvchisi Daniyarova Sarvinoz qo‘lga kiritdi.