“Umumta’lim maktablari pedagoglari bilimini yaxshilash hamda yangicha o‘qitish uslublarini tushuntirish bo‘yicha "Mobil metodik guruhlar" Olot tumanida
Joriy yilning 27-may kuni Buxoro viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Uzluksiz kasbiy ta’limni tashkil etish” bo‘limi mutaxassislari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 1- martdagi “Umumta’lim maktablari pedagoglari bilimini yaxshilash hamda yangicha o‘qitish uslublarini tushuntirish bo‘yicha "Mobil metodik guruhlar" faoliyati tartibini belgilash to‘g‘risida”gi 8,9-sonli qo‘shma qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Mobil metodik guruhlar tomonidan metodik xizmat ko‘rsatilgan Olot tumanidagi 16, 22, 27- umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining bilimlarini
yakuniy diagnostikadan o‘tkazish Apro.uz dasturi orqali amalga oshirildi. Tashrif davomida hududiy markaz xodimlari tomonidan o‘qituvchilarga “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
“UZLUKSIZ TA’LIMDA FILOLOGIYA FANLARINI O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI” Respublika miqiyosidagi onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallar to‘plami
“Uzluksiz ta’limda filologiya fanlarini o‘qitishning dolzarb masalalari” Respublika miqiyosidagi onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Buxoro: Buxoro viloyati XTXQTMOHM, 2021. 220 bet.
Buxoro viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi 2021-yil 19-oktabr kuni o‘tkazilgan Respublika onlayn ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari asosida tayyorlangan. Mazkur to‘plam uzluksiz ta’limda filologiya fanlarini o‘qitishning dolzarb masalalari va uni takomillashtirish, bu borada ilmiy-nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlashga doir dolzarb masalalarga bag‘ishlangan.
Ilmiy maqolalar Buxoro, Toshkent, Samarqand, Navoiy, Namangan, Andijon va Surxondaryo viloyatlarining universitet, institut va maktab o‘qituvchi-professorlari tomonidan yozilgan.
КИТОБ ВА КИТОБХОНЛИК – ЎҚУВЧИ МАЪНАВИЯТИ КЎЗГУСИ
Бухоро вилоят халқ таьлими ходимларини қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш ҳудудий марказида 2021 йил 30 апрель куни соат 10:00да Мактабгача, бошланғич ва махсус таълим методикалари кафедраси томонидан “КИТОБ ВА КИТОБХОНЛИК – ЎҚУВЧИ МАЪНАВИЯТИ КЎЗГУСИ” мавзусида илмий-амалий онлайн конференция ташкил этилди.
Конференцияга ҳудудий марказ раҳбари, ўринбосарлари, кафедра мудирлари, профессор ўқитувчилари, ҳамда республика малака ошириш марказлари профессор-ўқитувчилари, ахборот ресурс маркази раҳбарлари, вилоят фан ўқитувчилари иштирок этди.