“Умумий ўрта таълим мактаби директорлари уюшмаси”нинг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди
2021 йил 20 апрель куни Бухоро вилояти халқ таьлими ходимларини қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш ҳудудий марказида “Умумий ўрта таълим мактаби директорлари уюшмаси”нинг навбатдаги йиғилиши ўтказилди. Йиғилишда Бухоро вилояти халқ таьлими ходимларини қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш ҳудудий маркази директори А.К.Сафаров, вилоят ХТБ бошлиғи Д.Н.Мустафоева, Республика фан ва таълим ходимлари касаба уюшмалари федерацияси Бухоро вилояти бўйича ташкилотчиси Р.К.Носирова, марказнинг “Аниқ ва табиий фанлар методикалари” кафедраси мудири Р.В.Астанов ва шу билан бирга вилоятнинг умумий ўрта таълим мактаблари директорларидан 35 нафари иштирок этишди. Йиғилишда уюшманинг йиллик иш режасида белгиланган вазифалар кўриб чиқилди.
Yoshlar bilan ishlash uchun media va axborot savodxonlig
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi tomonidan "Yoshlar bilan ishlash uchun media va axborot savodxonligi" mavzusida ikki kunlik seminar-trening tashkil etildi. Unda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi xodimlari, Xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi o'qituvchilari hamda jurnalistika sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi.
BUXORO VILOYAT XAQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZIDA “TOTAL DIKTANT” XALQARO AKSIYASI O’TKAZILDI
O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi hamda Rossiya maorifi vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “2020-2030-yillarda O’zbekiston Respublikasi maktablarida rus tili fanini va umumta’lim fanlarni rus tilida o’qtishning sifatini oshirish” ga qaratilgan “Zo’r” (Класс) loyihasi 2-bosqichi doirasida A.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti mutaxassislari Y.A.Masolova, A.S.Chakushkina ishtirokida “Тотал диктант” global aksiyasi doirasida Buxoro davlat universiteti binosida tadbir tashkil etildi.