“Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” mavzusida onlayn davra suhbati
2020-yil 15-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosiga bag‘ishlab Buxoro viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” mavzusida ZOOM platformasi orqali onlayn davra suhbati tashkil etildi.
“Umumiy o’rta ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish masalalari”
2020-yil 12-oktabr kuni Buxoro viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida onlayn platformasi orqali “Umumiy o’rta ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish masalalari” mavzusida on-line ilmiy-amaliy respublika konfersiyasi tashkil etildi. Konferensiya hududiy markaz o’quv va ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari R.V.Astanovning kirish so’zi bilan boshlandi.
O‘zaro tajriba almashish
2020-yil 16-sentyabr kuni Buxoro viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasi professor – o’qituvchilari tomonidan ona tili va adabiyot fani onlayn malaka oshirish kursi “A” va “B” guruhi tinglovchilari bilan “Ona tilini o’qitish: kecha, bugun va istiqbolda” mavzusida Zoom platformasi orqali seminar tashkil etildi.